Vazirlar Mahkamasining 25.03.2023-yildagi 131-son qarori bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (2018-yil 1-dekabrdagi 975-son VMQ qarori bilan tasdiqlangan).

Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
  • narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar algoritmi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 28.03.2023-yildan kuchga kirdi.