YPX xodimlariga qarshilik koʻrsatgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

    Xavfsizlik 2 May 2023 1164

    Ular xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli soʻzlar aytib, jamoat tartibini buzdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatayotgani aks etgan video tarqaldi.

    Maʼlum qilinishicha, 28-aprel kuni soat 01:35 larda Yangihayot tumanidagi “Yangihayot” YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodimlar Jentra avtoulovini toʻxtatib, haydovchidan hujjatlarni taqdim etishni soʻragan.

    Shu vaqtda avtomashinadagi yoʻlovchilar 28 yoshli Z.B., 46 yoshli X.J. va 23 yoshli N.F. xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli soʻzlar aytib, jamoat tartibini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga nisbatan qarshilik koʻrsatgan.

    Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan avtomashina yoʻlovchilari Z.B., X.J., N.F.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.