баннер
23 Apr 2025
01:12

    YTH oqibatida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi

    Jabrlanuvchi malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifokorlarga topshirildi.

    Bugun, 15-aprel kuni A-373 avtomobil yoʻlining Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan oʻtgan qismida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Buning oqibatida haydovchi avtomobil saloni ichida qisilib qoldi.

    Haydovchiga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisidagi xabar soat ertalab 04:49 da Toshkent viloyati FVBga “112” qisqa raqami orqali kelib tushdi, deya xabar qiladi FVB.

    «Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, tezkor harakatlar orqali haydovchi qutqarildi va malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifokorlarga topshirildi", — deyiladi xabarda.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech