Qayd etilishicha, holat shu yilning 28-aprel kuni soat 11:22 da “Qamchiq“ dovonidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh“ avtomobil yoʻlining 157,1 k.mda sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Toshkent-Vodiy“ yoʻnalishida harakatlangan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib yoʻl oʻrtasidagi toʻsiqqa borib urilishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida esa haydovchi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari, YPX va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan va haydovchi FVV qutqaruvchilari tomonidan qutqarilgan.
Barcha haydovchilardan dovon hududida harakatlanganda tezlik meʼyorlariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.