Shu munosabat bilan shahrimizdagi bir necha koʻchalar vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

20-may kuni soat 10:00 dan 21-may kuni soat 11:00 gacha:

- Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob koʻchasi boʻylab Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha;

21-may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:

- Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek koʻchalari boʻylab Oybek va Nukus koʻchalari kesishmasigacha;

- Oybek va Nukus koʻchalari kesishmasidan Nukus koʻchasi boʻylab Rim katolik cherkovigacha.

Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etildi.