YTHga uchragan "Nexia-2" yonib ketdi

    Zarb oqibatida "Nexia-2" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

    Bugun soat 09:15 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 818-kilometrida, 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.Gʻ. "Nexia-2" rusumli avtomobilda harakatlanayotib oldinda qayrilib olayotgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi "Kamaz" rusumli yuk avtomobilining shina qismiga to‘qnashgan.

    Zarb oqibatida "Nexia-2" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

    Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

    Mazkur holat yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.