Jumladan, bo'lim ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo'yicha Uchqo'rg'on tumanlararo sudining shu yil 17 avgustdagi 2-1602-2004/637 sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor — “Tepaqo'rg'on savdo qurilish” MCHJ va qo'shimcha javobgarlar — “Toshbuloq qurilish” MCHJ hamda Baxtiyor G'ofurovdan undiruvchi — “Qishloq qurilish bank” ATB Namangan filiali foydasiga jami 141 million 615 ming so'm kredit qarzdorlik undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Qarzdorlikni bartaraf etish bo'yicha ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq qarzdor kredit mablag'ini to'lamagani uchun ijro harakati davomida qo'shimcha javobgar nomida bo'lgan SHAANXI SX3254DR384 rusumli davlat raqami 50S225GA bo'lgan yuk avtomashinasi aniqlangan va davlat ijrochisi tomondan xatlangan.
Transport vositasi xatlangandan so'ng qarzdor tomondan 141 million 615 ming so'm to'liq to'lab berildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.
elyorbek RAHIMOV,
MIB Uchqo'rg'on tumani bo'limi davlat ijrochisi