Qarorga koʻra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yil 1-oktyabrgacha Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransportlarga yoʻl varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Bu davrda:

  • elektron yoʻl varaqalari Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yoʻl varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
  • elektron yoʻl varaqalari avtomobilda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;
  • yoʻl varaqalarining qogʻoz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron koʻrinishiga bosqichma-bosqich oʻtiladi;
  • elektron yoʻl varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yoʻnalishsiz taksi sifatida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
  • mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat koʻrsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
  • tizimdan foydalanganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Avtomobilda yuk va yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yoʻl varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.