“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari koʻp boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, oʻzaro jipslik hamisha barqaror boʻladi.
Yoshlarimizga sifatli taʼlim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni oʻrgatish, hayotda munosib oʻrin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”, — dedi Prezident.