Seminarda “Yuksalish yo‘lida 45 daqiqa” nomli qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Qo‘llanma hududlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq qilish, ilg‘or tajribalar va dars rejalarini taklif qilish orqali XXI asr ko‘nikmalarni rivojlantirishga, ilg‘or ta’lim sifatini oshirishga ko‘mak beruvchi yondaftar bo‘lib xizmat qiladi.
Seminarda yetakchi xorijiy va milliy ekspert va o‘qituvchilar ishtirokida innovasion ta’lim va o‘qitish sohasidagi yangi ishlanmalarga doir mavzular muhokama qilinmoqda. Respublikaning barcha hududlaridan kelgan yuz nafardan ortiq trener va pedagoglar amaliy mashg‘ulotlar orqali yangi pedagogik ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan maqsad O‘zbekistonda o‘qituvchilarni innovasion pedagogika bo‘yicha o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish.
Shuningdek, undan amaliy foydalanish uchun har bir fan o‘qituvchilari va mahoratli trenerlarning kompetensiyalarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.