Yulduz Rajabova qiyofasi bollivud kinoekranlarida

    “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmida oʻtgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga koʻrsatgan taʼsiri bir oila misolida ochib beriladi.

    Hindistonning Mumbay shahrida SHXTga aʼzo mamlakatlarning badiiy va televizon filmlar festivali doirasida oʻzbek filmlaridan rejissyor Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” badiiy

    filmi ham namoyish etildi.

    “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmida oʻtgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga koʻrsatgan taʼsiri bir oila misolida ochib beriladi.

    Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin Toʻychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yoʻldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev.

    Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona Oʻljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.