Forum YUNESKOning ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori bilan hamkorlikda tashkil etilishi taʼkidlangan. Anjumanning oʻtkazish sanasi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aniqlanadi.
“YUNESKO koʻp oʻn yilliklar davomida Markaziy Osiyoning umumiy tarixi va umumiy madaniy merosini targʻib qilish boʻyicha saʼy-harakatlar amalga oshirib kelmoqda. Bunday ishlar, jumladan, «Ipak yoʻli” loyihasi va “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi” nomli koʻp jildli kitobga kiritilgan ishlarda qamrab olingan, – deyilgan maqolada. – Boʻlajak forum mintaqa va uning sarhadlaridan tashqarida sivilizatsiyalar shakllanishida muhim rol oʻynagan Markaziy Osiyoning umumiy madaniyati va merosini oʻrganish hamda ommalashtirish uchun yana bir ajoyib imkoniyatdir».
Xiva Ipak yoʻli boʻylab joylashgan qadimiy shaharlardan biri sifatida taʼlim, fan va madaniyat markazi boʻlgani, ming yillar davomida sivilizatsiyalar beshigi boʻlib xizmat qilgani, Ichanqalʼa 1990-yil YUNESKO Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgani qayd etilgan.