Unda O'zbekiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Xitoy, Koreya Respublikasi, V`etnam, Bangladesh, Hindiston, Kolumbiya, Indoneziya, SHri-Lanka, Nepal`, Braziliya, Tanzaniya va Keniyaning doimiy vakolatxonalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchi mamlakatlar xalqlarining madaniyati va an'analarini o'zida mujassam etgan milliy stendlar, jumladan, moddiy va nomoddiy madaniy meros ob'ektlari ko'rgazmalari tashkil etildi. Ko'rgazmada turli xalqlarning azaldan avloddan avlodga o'tib kelgan choy ichish an'analari va marosimlari taqdim etildi.
O'zbekiston vakillari Toshkentda qadoqlangan choy navlari, Marg'ilon adrasidan tayyorlangan aksessuarlar to'plami va sopol idishlar, xususan, rang-barang piyolalarni namoyish etdilar. Ishtirokchilar respublikamizning turli hududlarida choy ichish tarixi va an'analari, madaniy va boshqa xususiyatlari bilan batafsil tanishtirildi.
Mamlakatimizning boy sayyohlik va gastronomik salohiyati alohida taqdim etildi.