Shuningdek, ushbu koʻchaga tutash nomsiz koʻchaga Usmon Nosir 1-tor koʻchasi nomi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilingandi.

Mazkur koʻchaga shoir nomining berilishi ham ushbu qaror bandining ijrosini taʼminlashga qaratilgandir.