Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Issiq suv va issiqlik ta’minoti 23 noyabr kuni taxminan 20:00 da tiklanadi.

    "2022 yil 23 noyabr kuni Du-800 mm.li issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzilda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

    Yunusobod M4, M5 va M6 mavzelari hamda A,Temur, Arifova, Osiyo ko‘chalari.

    Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK aholini ogohlantirdi.

    Issiq suv va issiqlik ta’minoti 23 noyabr kuni taxminan 20:00 da tiklanadi.

    “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va issiqlik ta’minoti tiklanishi uchun barcha choralarni ko‘radi", — deyiladi kompaniya murojaatida.