Bu haqda Yunusobod tumani IIO FMBdan xabarga kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, gʻarazgoʻylar u yerdagi 42 yoshli Muzaffar va 27 yoshli Dilmurod ismli shaxslarga hamla qilib, Dilmurodni bir necha bor urib, qoʻrqitib, undan 8 300 dollar pulini olishgan.
Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164 moddasi 3 qismi (“Bosqinchilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Koʻrilgan choralar davomida gumonlanuvchilar — 38 yoshli Isroil va muqaddam sudlangan 39 yoshli Rahmatillalar qoʻlga olingan.
Tergov davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.