Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sogʻlom tugʻilishi uchun zarur sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tugʻuruq amaliyoti natijasida 1,5, 2,3 va 2,5 kilogrammlik 3 nafar oʻgʻil hamda 2,3 kilogrammlik qizaloq dunyoga keldi, deya xabar beradi SSV axborot xizmati.
Hozirda goʻdaklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Bu – joriy yil Respublika perinatal markazida toʻrt nafar egizaklar tugʻilishi bilan bogʻliq uchinchi holatdir.