Yunusoboddagi maktab oʻquvchilari oʻz xohishiga koʻra ishga chiqqan — Boshqarma

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktab oʻqituvchilari maktab hovlisida ishlashga majbur qilingani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

    Unga koʻra, Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumtaʼlim maktabi pedagoglari va texnik xodimlari oʻz xohishlariga koʻra, yurtimiz boʻylab uyushtirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yumushlarida faol qatnashgan.

    Tadbir doirasida mavsumiy gul va turli manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilib, maktab hovlisi, ariqlar xazonlardan tozalangan.

    Hech bir pedagog-xodim mazkur xayrli ishni amalga oshirishga majburlanmagan — deyiladi boshqarma xabarida.