Yupiterning chiziqlari ekvator bo'ylab aylanadi. Ular teleskop orqali aniq ko'rinadi va olimlar ularni ancha vaqtdan buyon, shu jumladan infraqizil diapazonda ham kuzatishyapti. Chiziqlar yorqin yoki to'q rangda namoyon bo'ladi. Zamonaviy texnologiyalar hatto g'arb va sharqdan kuchli shamollar olib yuradigan bulutlarni ko'rishga imkon berdi.

Ekvator yaqinida shamol sharqqa qarab esadi. Qo'shni kengliklarda shamol yo'nalishi g'arbga o'zgaradi, lekin qutblarga yaqinroq u yana sharqqa buriladi.

Har 4-5 yilda bir marta Yupiter ob-havosida global o'zgarishlar ro'y beradi. Chiziqlarning ranglari o'zgaradi va yaqin vaqtgacha bu nima uchun sodir bo'lishi noma'lum edi.

Avvalgi tadqiqotlar Yupiterdagi bunday o'zgarishlar qaysidir ma'noda gaz giganti sathidan taxminan 50 kilometr pastdagi infraqizil nurlanishning tebranishlari bilan bog'liq. Yangi ilmiy ishlar shuni ko'rsatdiki, bu hodisaga sayyora tubida magnit maydoni tufayli yuzaga keladigan to'lqinlar ham ta'sir qiladi.

Juno ma'lumotlariga asoslanib, olimlar Yupiterning magnit maydonidagi o'zgarishlarni kuzatishga muvaffaq bo'lishdi. Unda to'lqinga o'xshash tebranishlar aniqlangan. Tadqiqotchilar ushbu tebranishlarning davrini hisoblaganida, ular Yupiterning infraqizil nurlanishida kuzatiladigan o'zgarishlar paytiga to'g'ri kelib qolishi ma'lum bo'ldi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bunday o'zgarishlar bulutlar yoki aerozollarning murakkab dinamikasi va reaksiyasini aks ettiradi. Bu jarayonlar hali to'liq tushunilmagan va ko'proq tadqiqotlarni talab qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.