Ma'lumotlar fazoviy kemaning tabiiy yo'ldoshga yaqin masofada amalga oshirgan parvozi vaqtida unga o'rnatilgan JIRAM spektrometri tomonidan to'plangan.

Olimlar Ganimed magnit maydonining modelini yaratishdi va unda tuzlar va organik moddalarni aniqlashdi.

Ganimedda organik moddalar mavjudligi haqidagi fikrlar avval ham ilgari surilgan edi. Spektroskopik tadqiqotlar NASAning “Galileo” fazoviy kemasi va “Xabbl” teleskopi tomonidan amalga oshirilgan edi. Biroq bu tadqiqotlar aniq xulosa chiqarishga imkon bermagandi, deb xabar beradi mir24.tv.