Yuqori Chirchiq “Cobalt” 11 yoshli maktab oʻquvchisini urib ketdi

    Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida “Cobalt” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan 11 yoshli maktab oʻquvchisini urib ketdi.

    Bu haqda IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 30-sentyabr kuni soat 07:45 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan D 014 “Gʻazalkent sh. — Chirchiq sh. — Yangibozor q. — Jumabozor q. — Oʻrtasaroy q. — Nurafshon sh.“ avtomobil yoʻlining 41-kilometrida joylashgan 14 sonli maktab qarshisida haydovchi 1998-yilda tugʻilgan M.N “Cobalt” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan piyoda 2013-yilda tugʻilgan 14 maktab oʻquvchisi M.A ni urib yuborib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

    YTH oqibatida piyodaga markaziy shifoxonada birinchi yordam koʻrsatilgan. (Hozirda piyoda ahvoli yaxshiligi sababli shifoxonadan ruxsat berilgan).

    Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.