Ushbu say-harakatlar natijasini O‘zbekistondagi yuridik taliminstitularining tobora xalqaro talim standardlari tomonidan tan olinayotgani, hamda xalqaro reytinglarda yuqori o‘rin olibkelayotganida ko‘rishimiz mumkin. Shunday yuqori darajalinatijalardan biri bu Toshkent davlat yuridik universitetijamosining “Philip C. Jessup” nomidagi sud jarayonlari simulyatsiyasi xalqaro musobaqasida tarixiy natijalarni qayd etayotganidadir. “Philip C. Jessup” nomidagi sud jarayonlari simulyatsiyasi xalqaro huquq sohasidagi dunyodagi eng yirik tanlov hisoblanib, unda 120 dan ortiq mamlakatdan 700 dan ortiq huquq maktablari vakillari ishtirok etadi. Dunyo bo‘ylab yuqori reytingda turuvchi universitetlar bu kabi tanlovlarda o‘z talabalrining ishtirokiga katta etibor qaratadi va qo‘llab quvvatlaydi. Umuman olganda, “Moot Courts” (Sud Jarayonlari Simulyatsiyalari) yuridik talimning eng muhim komponentlaridan biri hisoblanib, dunyo bo‘ylab talabalar bilimini baholash, hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda keng qo‘llanib kelinadi. Ushbu maqolada, sud jarayonlari simulyatsiyalarning  yuridik talimdagi ahamiyati hamda afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.

Sud jarayonlari simulyatsilari – bu haqiqatga imkon qadar yaqinroq bo‘lgan sud yoki arbitraj simulyatsiyasi bo‘lib, unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda malum protsessual rollarni (masalan, davogar va javobgar) ijro etadi. Ushbu jarayonlar hayoliy keys asosida tuzilib, unda ayni vaqtdagi eng dolzarb huquqiy kollizion muammolar ko‘tariladi, hamda talabalardan ushbu muammolarni yechish talab qilinadi. Talabalar ikki shaklda, yozma (memorandum) va og‘zaki, o‘z tomonlari bayonotini sudga taqdim qiladilar. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, sud jarayonlari simulyatsilari ham talabalararo tanlov sifatida, ham biror bir modulning tarkibiy qismi sifatida keng qo‘llanib kelinadi. Bugungi kunda Moot Court formatida ko‘plab tanlovlar mavjud va har bir talaba o‘zi uchun eng qiziqarli huquq sohasiga oid tanlovda ishtirok etishni tanlashi mumkin. Masalan, agar talabalar “Philip C. Jessup” Moot Court tanlovida xalqaro ommaviy huquqga e’tibor qaratadigan bo‘lsa, “Willem C. Vis” Arbitration Moot tanlovida talabalar xalqaro xususiy huquqga e’tiborlarni qaratadilar va musobaqalar ushbu sohadagi huquqiy muammolarni qamrab oladi.

Sud jarayonlari simulyatsilarida ishtirok etish talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi va bunday tadbirlarda hech qachon ishtirok etmagan bitiruvchilarga nisbatan ularni huquqiy amaliyotga ko‘proq tayyorlaydi. Xususan, sud jarayonlari simulyatsiyalari talabalarda og‘zaki advokatlik, o‘z pozitsiyalarini yozma shalkda bayon qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini taklif qiladi. Bundan tashqari, talablarda sud zali tajribasi va huquqiy muammolarni tadqiq qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Umuman olganda, sud jarayonlari simulyatsiyalari talabalarning nazariy bilimlari hamda amaliy tajribalari o‘rtasida ko‘prik bo‘lib bera oladi.

Quyida sud jarayonlari simulyatsilarining yuridik ta’limdagi eng muhim afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.

Og‘zaki va yozma advokatlik. Sud jarayonlari simulyatsilari ko‘pgina hollarda talabalardan yozma memorandum tayyorlashni talab qiladi, hamda ushbu memorandumlar xalqaro hakamlar tomonidan baholanadi. Talabalar huquqiy jihatdan sifatli memorandum tayyorlash uchun keysdagi eng asosiy muammolarni aniqlashlari, amaldagi qonunlar va pretsedentlarni tadqiq qilishlari, hamda ushbu normalarni keysdagi muammolarga qo‘llashlari, o‘z pozitsiyalarini aniq va ishonarli tarzda taqdim etishlari zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, ular yozma manbalar bilan ishlash qobilyatini (huquqiy havolalash, formatlash, iqtibos keltirish) shakllantiradilar.

Yozma bayonotlardan tashqari sud jarayonlarining eng muhim qismi bu og‘zaki taqdimotlardir (oral submissions). Unda talabalar o‘z pozitsiyalarini hakamlar paneli oldida belgilangan tilda bayon qilishlari kerak bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda hakamlar savollar va izohlar bilan talabalarni taqdimot davomida sinaydilar. Og‘zaki taqdimotlar (oral submissions)talabalardan keys, huquqiy normalar va faktlar bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishini talab qiladi, hamda hakamlar bilan samarali muloqot qilish, savollarga ishonchli javob berish va raqibning dalillarini mantiqiy rad etish qobiliyatini shakllantiradi.

Turli huquqiy sohalarda tahlil va tadqiqot. Sud jarayonlari simulyatsilari odatda konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari, xalqaro huquq, arbitraj huquqi kabi hali hal qilinmagan yoki rivojlanayotgan huquq sohalariga asoslanadi. Sud jarayonlari simulyatsilari talabalarga huquqning ushbu sohalarini chuqur o‘rganish va ularni real ssenariylarda qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu musobaqalar talabalarning tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini sinash uchunqulay platforma hisoblanadi. Moot Court tanlovlarida ishtirok etish orqali talabalar murakkab huquqiy masalalarni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va o‘z xulosalari asosida samarali dalillar keltirish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

O‘ziga bo‘lgan ishonch va sahna qo‘rquvini yengish. Moot Court tanlovlari odatda qiyin va asabiy faoliyatdir. Biroq, amaliyot va murabbiylarning yo‘l-yo‘riqlari bilan talabalar sahna qo‘rquvini engib, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishlari mumkin. Bu kabi tanlovlar, shuningdek, talabalarni har xil turdagi hakamlar va raqiblar bilan to‘qnashtiradi, va bu ularga turli vaziyatlarga moslashishga yordam beradi. Sud jarayonlari simulyatsilari talabalarga bosim, tanqid va muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.

Jamoa bilan ishlash va netvorking. Moot Court tanlovlarida odatda memorandum yozish hamda va huquqiy tadqiqotlar 3-10 kishidan iborat bo‘lgan jamoalarda amalga oshiriladi. Sud jarayonlari simulyatsilari talabalarga jamoadoshlari bilan samarali hamkorlik qilishni, ish yukini taqsimlashni, bir-birini qo‘llab-quvvatlashni va har qanday nizo yoki kelishmovchiliklarni jamoa bilan hal qilishni o‘rgatadi. Bunday tanlovlar, shuningdek, talabalarga murabbiylar, hakamlar, raqiblar va boshqalardan huquqiy bilim va ko‘nikmalar, qimmatli yo‘l-yo‘riq, fikr-mulohazalar olishimkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bunday tanlovlar talablar uchun umumiy manfaatga ega bo‘lgan turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish uchun platforma beradi.

Yuqorida aytib o‘tilgandek, sud jarayonlari simulyatsiyalari zamonaviy yuridik talimning ajralmas bir qismidir. Bunday tanlovlar universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuqorilashdan tashqari, sifatli yuridik talim tizimini ham kafolatlaydi. Xususan, ko‘pgina yuqori reytingli universitetlarda bunday tanlovlarda qatnashgani uchun talabalar maxsus kreditlarni qo‘lga kiritadilar. Bunday kreditlar, avvalo, Moot Court tanlovlarida qatnashish uchun talabalarda stimul ro‘lini o‘yanasa, shuningdek, bu kreditlar sarflangan vaqt va energiyani kompensatsiya qiladi. Bundan tashqari, ko‘pgina universitetlarda sud jarayonlari simulyatsilari oraliq hamda yakuniy nazoratlar imtihonlarini olishda keng qo‘llanib kelinadi. Bunday tajribaning boshqa oraliq va yakuniy nazoratimtihonlaridan farqi shundaki, sud jarayonlari simulyatsilarida o‘qituvchilar talabalarning og‘zaki va yozma bilim va ko‘nikmalarini baholashdan tashqari, talabalarning huquqiy tadqiqot, jamoa bilan ishlash kabi boshqa mahoratlarini ham baholay oladilar. Xalqaro tajribaga asoslanadigan bo‘lsak, sud jarayonlari simulyatsiyasi shaklidagi oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari guruhlarda interaktiv o‘tib, talabalar tomonidan yuqori qiziqish bilan kutib olingan.

 

Umarxanova Dildora Sharipxanovna

TDYU, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunslik fakulteti dekani