Muhokamalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etmayotgani, xususan, mol-mulk soligʻi boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanmayotganligi boʻyicha fikrlar bildirilgan.
Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab hududiy Kengashlarga yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha 1 kvadrat metr uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllash vakolati berildi.
Ushbu masalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni yanada kengroq qoʻllash yuzasidan yuborilgan tavsiyalar natijasida, koʻplab viloyatlarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalar boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinmoqda.
Mazkur vakolat doirasida xalq deputatlari, xususan Andijon (7), Buxoro (11), Jizzax (10), Qashqadaryo (12), Navoiy (6), Namangan (11), Sirdaryo (7), Surxondaryo (13), Fargʻona (15) viloyatlari hamda Kengashlari tomonidan jami 92 ta tumanda yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha eng kam qiymatga 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash masalasi muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Ayni vaqtda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi