Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda, oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Yuridik texnikumni tamomlagan oʻquvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan oʻrta maxsus yuridik maʼlumot zarurati mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan:
-Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy tuzilmalari,
- Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari,
- notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish boʻyicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.
Yuridik texnikum bitiruvchilari egallashi mumkin boʻlgan lavozimlar soni 90 dan ortiqni tashkil etadi. Ushbu lavozimlar bilan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi www.lex.uz da tanishish mumkin.
2019/2020 oʻquv yili yuridik texnikumlarini (sobiq yuridik kollejlarni) 4364 nafar bitirgan. Shundan, 1542 nafar (35,3%) bitiruvchilar bandligi taʼminlangan boʻlib, ishga joylashish boʻyicha eng yuqori – Samarqand viloyati yuridik texnikumida qayd etilgan (575 nafar bitiruvchidan 498 nafari (86,6%) ish bilan taʼminlangan).