Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, tashkilot yuristi I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat hududiy filiali yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan I.S. 2023 yil 2 mart kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng lavozimidan ozod etilgandi.