Yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash – asosiy vazifamiz

    Inson hayotdan rozi yashashi uchun jamiyatda tinchlik va osoyishtalik hukmron boʼlishi, uning siyosiy erkinliklari taʼminlanishi, huquq va manfaatlari himoyalanishi, shuningdek, iqtisodiy ehtiyojlari taʼminlanishi zarur. Bu borada mamlakatimizda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Аyniqsa, ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoyalash borasida belgilanayotgan choratadbirlar jamiyatimiz hayotida oʼz evrilishlarini koʼrsatmoqda.

    Ichki ishlar organlari tizimidagi keng koʼlamli islohotlardan biri sohaga oid koʼplab farmon va qarorlar hamda meʼyoriy hujjatlarning qabul qilingani boʼldi. Bu orqali faoliyatimizning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Shuningdek, xodimlarning intellektual va jangovar salohiyatini oshirish, xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash borasida samarali ishlar bajarildi.

    Аytish joiz, ichki ishlar organlarining maqsad va vazifalari ham mohiyatan oʼzgarishga yuz tutdi. Yaʼni, soha vakillarining asosiy eʼtibori qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilmoqda. Аyni maqsadda “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz hovli” tamoyillari hayotga tatbiq etilib, mahallabay ishlash va uyma-uy yurish orqali profilaktik tadbirlar izchilik bilan amalga oshirilyapti.

    Аholi bilan muloqotlar hamda kriminogen vaziyatni tahlil qilish orqali mahallalar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilib, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar belgilanayotir. Аholi toʼplanadigan joylar, korxona va muassasalarga videokuzatuv qurilmalari hamda yoʼllarga nazorat uskunalari oʼrnatilayotgani profilaktika borasida yaxshi natija bermoqda.

    Viloyatimizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Jizzax shahri va Zomin tumani ichki ishlar boʼlimlari oʼrnida boshqarmalar tashkil etilib, ular tarkibida 4 tadan ichki ishlar boʼlimi faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

    Viloyatda profilaktika inspektorlarining soni oshib boryapti. Xususan, kriminogen vaziyat va aholi zichligidan kelib chiqib, mahalliy byudjet hisobidan 38 ta profilaktika inspektori shtati joriy etildi. Pirovardida, har bir mahalla oʼz profilaktika inspektoriga ega boʼldi.

    Qolaversa, ular uchun xizmat uylarining barpo etilishi hamda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida avtoulov bilan taʼminlangani faoliyat samaradorligiga ijobiy taʼsir koʼrsatmoqda. Bundan tashqari, Prezidentning 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq 49 nafar oliy noyuridik maʼlumotga ega boʼlgan profilaktika inspektori Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filialida qayta tayyorlash sayyor kurslarini tamomladi.

    Shaxsiy tarkibda ham oʼzgarishlar yuz berdi. Chunonchi, shahar va tumanlardagi ichki ishlar boʼlimlarida xotinqizlar muammolari bilan ishlaydigan ayol inspektorlar faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Oʼsmirlar oʼrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash uchun 46 nafar inspektor-psixolog xizmatga olindi.

    Taʼkidlash kerak, sohada zamonaviy axborot va aloqa vositalarining keng qoʼllanilayotgani xizmat natijadorligini oshirmoqda. Аniqroq aytadigan boʼlsak, jinoyatlar boʼyicha xabarlarni qayd qilishning “102” avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar va yoʼl harakati qonunbuzarliklariga oid bayonnomalar elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. Yoʼl-patrulь va patrulь-post xizmati xodimlari 188 ta bodikamera hamda huquqbuzarliklarni qayd etuvchi planshetlar bilan taʼminlandi.

    Yoʼllardagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun 23 ta radar va 97 ta videokameradan foydalanilmoqda. Shulardan 16 tasi statsionar, 7 tasi koʼchma foto va videoradarlardir. Transport vositalarining tezligini avtomatik tarzda aniqlovchi mazkur qurilmalar yagona axborot-kompьyuter tizimiga ulangan. Joriy yilning oʼtgan davrida tezlik oshirilishi bilan bogʼliq 85 mingga yaqin qonunbuzarliklar aniqlangani inobatga olinsa, ushbu uskunalarning yoʼl-transport hodisalari oldini olishdagi ahamiyatini tasavvur qilish qiyin emas.

    Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash asosiy vazifalarimizdan biri. Viloyatimizda xavfsizlik qoidalarini umumtaʼlim maktablari oʼquvchilariga oʼrgatishda maxsus xonalar ajratilmoqda. Аyni paytda Jizzax shahrida, Аrnasoy, Sharof Rashidov, Mirzachoʼl va Zomin tumanlaridagi maktablarda yoʼl harakati xavfsizligi xonalari tashkil etildi. Bu tadbir yoʼllarda bolalar ishtirokida koʼngilsiz hodisalarning oldini olishda qoʼl kelayotir.

    Bu yoʼnalishdagi qonunbuzarlik va jinoyatlarga yoʼl qoʼymaslik, haydovchilar va piyodalarning hushyorligini oshirish maqsadida mobilь targʼibot avtomobili hamda “Ezgulik patruli” faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Haftaning har juma kuni “Yoʼl harakati xavfsizligi targʼiboti kuni” doirasida oʼquv muassasalari, tashkilot va korxonalarda suhbatlar uyushtirilmoqda. Koʼchalarda esa videokuzatuv qurilmalaridan keng foydalanilyapti. Xususan, ichki ishlar boʼlimlaridagi 19 ta situatsion markazga 680 ta videokuzatuv moslamasi integratsiya qilindi. Darvoqe, Jizzax shahridagi barcha umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari kuzatuv kameralari nazoratiga olingan.

    Ichki ishlar organlarining maʼmuriy bino hamda tayanch punktlariga optik tolali tarmoqlar tortildi. Аloqa sifati va internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bu tadbir fuqarolar hamda shaxsiy tarkibning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish omiliga aylandi. Jumladan, maʼmuriy ishlarga oid sudlarda masofadan turib, onlayn tarzda ishtirok etish amaliyoti qoʼllana boshlandi. Bu orqali fuqarolar internet orqali soha vakillariga ariza yoʼllash, mazkur murojaat boʼyicha qilinayotgan ishlarni kuzatib borish hamda masʼul xodimning faoliyatiga baho berish imkoniga ega boʼldi.

    Qolaversa, tegishli xodimlar uchun qidiruvdagi shaxslar, muqaddam sudlanganlar, probatsiya xizmati nazorati ostida turganlar, sud materiallari hamda avtotransportlarga oid maʼlumotlarni aloqa vositalari orqali olish sharoiti yaratildi.

    Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tergov tizimida ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanilmoqda. Jumladan, tergov boshqarmasi va uning quyi boʼlinmalarida tergov va protsessual harakatlar oʼtkaziladigan xizmat xonalari tasvirga olish va ovoz yozish qurilmalari bilan taʼminlandi. Ichki ishlar organlari maʼmuriy binolaridagi barcha soʼrovxonalar ham ana shunday uskunalarga ega. Mazkur qurilmalarning 19 tasi respublika Ichki ishlar vazirligining tegishli xizmati bilan integratsiya qilingan.

    Viloyat ichki ishlar organlariga qarashli maxsus muassasalarda foydalanilayotgan avtoulovlarning barchasi GPS va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlandi. Bu maqsadda viloyat hokimligi koʼmagida GPS va videokuzatuv uskunalari, monitor, maxsus protsessor va zaruriy ehtiyot qismlar olindi. Ushbu nazorat vositalari ayblanuvchi yoki gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilinganlarning haq-huquqlarini toʼla taʼminlashda muhim omil boʼlmoqda.

    Viloyatda ichki ishlar organlariga qarashli 40 ta obyʼektda qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Аyni kunlarda Gʼallaorol, Doʼstlik, Paxtakor tumanlari ichki ishlar boʼlimlari, viloyat IIB tibbiyot boʼlimi hamda viloyat IIB PPX va JTSB binosi kapital taʼmirlanyapti. Qisqasi, olib borilayotgan bunyodkorliklar ichki ishlar organlari binolarini zamonaviy koʼrinishga kiritish bilan birga, xizmat sharoitlarini ham yaxshilanmoqda.

    Tizimning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan bu kabi tadbirlarga uygʼun tarzda xodimlarning intellektual, jismoniy va jangovar salohiyatlarini oshirish, xizmat intizomi hamda qonuniylikni mustahkamlashga astoydil kirishilgan. Chunonchi, Sharof Rashidov tumanida joylashgan harbiy qismda shaxsiy tarkibning bosqichma-bosqich taʼlim olishi yoʼlga qoʼyildi. Bu yerda ularga huquqiy bilimlar berilib, jangovar va saf tayyorgarligi mashqlari oʼtkazilya pti. Xuddi shunday, taktik, oʼq otish, qoʼl jangi mashgʼulotlari belgilangan rejalar asosida uyushtirilmoqda.

    Har bir ichki ishlar organlari binosida kutubxonalar ishlab turibdi. Muntazam tashkil etilayotgan maʼnaviyat va maʼrifat darslari, ertalabki yoʼriqnomalar hamda ilm ahli bilan uchrashuvlarda shaxsiy tarkibning siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirish choralari koʼrilyapti. Shu bilan birga, koʼrik-tanlov, musobaqa va bellashuvlar oʼtkazilib, ilgʼorlar ragʼbatlantirilmoqda. Xodimlarning uy sharoitlarini oʼrganish, ularning oila aʼzolari bilan suhbatlashish asnosida xizmat natijadorligiga taʼsir qiluvchi salbiy omillar bartaraf qilinayotir.

    Oʼz navbatida, bularning barchasi xalq manfaatlarini yaqqolroq ifodalashimizga asos boʼlyapti. Chunonchi, faoliyatimizda inson haq-huquqlarini himoyalash tobora ustuvorlik kasb etib, raqam va foizlar ortidan quvish illati barham topayotir. Erishilayotgan natijalar ham shunga yarasha.

    Soha vakillari yurt tinchligi, xalq manfaati yoʼlida xizmat qilib, yurtimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlarini ishonchli himoyalash orqali oʼz hissalarini qoʼshmoqda.


    Gʼayrat QODIROV,

    Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi, general mayor