Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 12-sentyabrda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 834 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.
Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.
Shuningdek, 847 nafar yurtdoshlarimiz bilan 12-sentyabrda Yekaterinburgdan Oʻzbekistonga joʻnagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.