Rossiya Federatsiyasining qator ish beruvchilari bilan imzolangan kelishuvlarga asosan 26 nafar yurtdoshimiz Toshkent – Moskva yoʻnalishidagi aviareys orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda Moskva shahriga joʻnab ketdi.

Shu kuni 4 nafar yurtdoshimiz Toshkent – Qozon aviareysi bilan Tatariston Respublikasiga yuborildi.

Shuningdek, ish beruvchi korxona vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 38 nafar fuqarolar Namangan xalqaro aeroportidan Moskva shahriga ketdi.

Urganch – Krasnodar yoʻnalishidagi aviareys orqali ish beruvchi korxona vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 88 nafar fuqaro Urganch xalqaro aeroportidan tashkiliy tarzda joʻnatildi.

Xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan odam savdosining salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.