Suratga olish ishlari Samarqand, Shahrisabz va Buxoroda amalga oshirilmoqda. Turkiyaning tasavvuf ilmu-orifonlari, din ulamolari ishtirokida hududlardan tayyorlangan koʻrsatuvlar jonli tarzda efirga uzatilmoqda.

1995-yilda “Albayrak” nomi bilan tashkil etilgan media shirkati negizida 2007-yildan TVNET telekanali tashkil etilgan. 2012-yildan boshlab “Derin tarih” (teran tarix), “Gercek hayat” (haqiqiy hayot), “Bilge cocuk” (dono bola) kabi Turkiya auditoriyasida ommalashgan bir qator jurnallarni chop etgan, bugungi kunda 20 milliondan ortiq kuzatuvchi va obunachilarga ega.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etilgan loyiha mamlakatimizning madaniy va maʼnaviy merosi hamda turizm salohiyatini targʻib qilishda ahamiyatlidir.