Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10-aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” oʻtkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bogʻliq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda boʻlish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini oʻlchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

Masjidlarda elektr, gaz va yongʻin xavfsizligi hamda namoz oʻqiladigan joylar muhofazasiga katta eʼtibor qaratiladi, texnik jihozlarning sozligi koʻrikdan oʻtkaziladi.

Imom-xatiblar tamonidan OAV va Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan chiqishlari qilinadi. Shuningdek masjidlardagi Taroveh namozlarining shukuhi, moʻmin-musulmonlarning xushkayfiyati ham keng yoritiladi.