Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilgan tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik, Oʻzbekiston davlat jahon tillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari, Samarqand davlat chet tillar instituti, TDSHU va SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti kabi qator yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan 12 nafar talaba ishtirok etdi.

Tanlov yakuniga koʻra TDSHU talabasi Abduvohidov Abdulfayz gran-pri sohibi boʻldi. U endilikda tanlovning Xitoyda boʻlib oʻtadigan yakuniy bosqichida respublikamiz sharafini himoya qiladi.