Oʻzbekistonlik kikboksing sport ustalari nufuzli xalqaro musobaqasida 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Chempionatda Oʻzbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etib, 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
TATAMI boʻyicha:
Sodiqov Fuzayl – 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yoʻnalishlarida 2 ta oltin medal,
Mustafin Marat – 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yoʻnalishlarida 2 ta oltin medal.
RING boʻyicha:
Baratov Hasanxon – +91 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida1 ta oltin medal,
Baratov Husanxon – +91 kg vazn toifasida Lou-kik yoʻnalishida 1 ta oltin medal
Nasretdinov Bekzod – 67 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida 1 ta oltin medal,
Amirjonov Muhammadzokir – 54 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida 1 ta oltin medal.
Maʼlumot oʻrnida, "Indian-open nufuzli xalqaro musobaqa sanalib, Taylandda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlik hisoblanadi.