Oʻzbekistonlik kikboksing sport ustalari nufuzli xalqaro musobaqasida 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Chempionatda Oʻzbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etib, 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

TATAMI boʻyicha:

Sodiqov Fuzayl – 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yoʻnalishlarida 2 ta oltin medal,

Mustafin Marat – 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yoʻnalishlarida 2 ta oltin medal.

RING boʻyicha:

Baratov Hasanxon – +91 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida1 ta oltin medal,

Baratov Husanxon – +91 kg vazn toifasida Lou-kik yoʻnalishida 1 ta oltin medal

Nasretdinov Bekzod – 67 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida 1 ta oltin medal,

Amirjonov Muhammadzokir – 54 kg vazn toifasida Full-kontakt yoʻnalishida 1 ta oltin medal.

Maʼlumot oʻrnida, "Indian-open nufuzli xalqaro musobaqa sanalib, Taylandda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlik hisoblanadi.