Ta'kidlanishicha, xuddi shunday sovuq havo 10 oktyabrda ham davom etadi. Kechasi harorat 3—6 daraja, shimolda 0—3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13—17 daraja iliq kuzatiladi.
Qayd etilishicha, respublikaning katta qismida dam olish kunlari quruq havo saqlanib qoladi. Faqat mamlakatning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan nam bulut massalari kirib keladi. Farg'ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarining ayrim joylarida yomg'ir yog'adi, yog'ayotgan yomg'ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Yakshanba kuni O'zbekiston hududining ko'p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3—6 daraja iliq, shimolda 0—3 daraja sovuq, kunduzi esa havo 18—20 darajagacha isiydi.