Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktyabrdagi qaroriga asosan Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Buloqboshi tumani sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi, Toshkent viloyati “Fruits Season Group” MCHJ, Andijon viloyati Asaka tumani “Obod diyor tomorqa hizmati” MCHJ, Fargʻona viloyati Quva tumani “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MCHJ hududiy jamiyatlari taʼsisligida “Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi” tashkil etildi.

Xususan, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 400 gektar maydonda klaster usulida aholi xonadonlarini biriktirish orqali sarimsoqpiyoz yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani, Surxondaryo viloyati Angor tumani, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil qilish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Koʻrilgan choralar natijasida Rossiyaning Moskva, Sankt Peterburg, Vladimir, Kaluga, Ryazan, Yaroslavl, Qozogʻiston Respublikasining Alma-ata hamda Belgiya davlatida Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining savdo uylari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

2021-yil hosili uchun ekilgan avgust piyozi va toʻqsonbosti ekinlaridan barcha toifa xoʻjaliklarida jami 4 million 15 ming tonna hosil olish belgilangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra bugungi kun holatiga 4 million 55 ming tonna hosil yetishtirildi.

Shuningdek, 2021-yil sinov tariqasida salohiyatli fermer xoʻjaliklarini tanlab olib, respublika boʻyicha jami 750 gektar asosiy maydonga 2022-yil hosili uchun eksportbop sarimsoqpiyoz ektirish yuzasidan amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Jumladan, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi orqali 1,1 ming tonna eksportbop urugʻliklar zahirasi shakllantirildi.

Natijada, 2021-yilning 20-sentyabr holatiga yetishtirilgan meva va sabzavotning 360 ming tonnasi eksportga yoʻnaltirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021-yil 1-oktyabr holatiga dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqasining jami 61 ming 957 gektariga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari ekildi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida “Sabzavotlar va toʻqsonbosti ekinlarini parvarishlash” boʻyicha jami 278 ta oʻquv seminarlar va mahorat darslari oʻtkazildi.

Mehriddin Muxammadiyev,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va

tomorqa yer egalari kengashining boʻlimi boshligʻi,

Meles Tilovov,

yetakchi mutaxassis