Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Keltirilishicha chaqaloqlarning:
- 539 nafari oʻgʻil,
- 555 nafari qiz.
Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (138 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:
- Surxondaryo viloyati (135 nafar),
- Samarqand viloyati (125 nafar),
- Qashqadaryo viloyati (121 nafar),
- Namangan viloyati ( 110 nafar) band etdi.
Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (19 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Eʼtiborlisi, tugʻilganlar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, yaʼni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.
Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tugʻuruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika boʻylab jami 4913 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda 2021-yilning shu davrida 1086 nafar, 2022-yilda — 1448 nafar, 2023-yilda — 1312 nafar, 2024-yilda — 1043 nafar, 2025-yilda — 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.