Unga ko'ra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg'om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahriga “yashil” hudud toifasi berilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 16 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.
Aksincha, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Chust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo viloyati YAngier shahri “qizil” va Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Pskent tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani esa “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to'xtatiladi.
“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o'tish va masjidlar o'z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo'ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.
Din ishlari bo'yicha qo'mita
Matbuot xizmati