баннер
21 Mar 2025
14:55

    Yurtimizdagi turli daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda

    Taqiqlangan davr va taqiqlangan hududda baliq ovlash hamda baliq ovlash qoidalarini buzganlik maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

    Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida“gi 627-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan 31-maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan — 10-iyungacha baliq ovlashga taqiq qoʻyilmoqda.

    Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan — 31-maygacha boʻlgan muddatda baliq ovlash taqiqlanadi.

    Yuqorida koʻrsatilgan davrlar baliqlarning urchish-urugʻlanish, yaʼni koʻpayish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish davrida tuxum qoʻyadi va nasl koʻpaytiradi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, ularning soni keskin kamayib, turlar yoʻqolish xavfi tugʻiladi.

    Maʼlumot uchun, mazkur qaror istisno tarzida sunʼiy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlaridagi intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga, shuningdek, qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirilishi va ovlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech