Yurtimizdagi yong‘inlarning kelib chiqish sabablari aytildi

    AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida FVV rahbariyati va mutasaddilari aholi hamda hududlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili haqida ma’lumot berdi.

    Ta’kidlanishicha, amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlarga qaramasdan 2023-yilning 6 oyi davomida respublikada 40 foiz elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, 23 foiz olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish hamda 14 foiz isitish pechlari va gaz uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatida yong‘inlar sodir bo‘lgan.

    Shuningdek, 9 foiz bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida, 7 foiz chekib uxlab qolish, 5 foiz transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko‘ra yong‘inlar sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.