Vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyalari shu yilning 27-mart va 27-aprel kunlari keltirilgan edi. Shuningdek, mart oyida 660 ming doza AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza “Sputnik V” vaksinalari ham olib kelingan.

Shunday qilib, Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytgacha foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, yaʼni 842 ming dozadan ortigʻini ZF-UZ-VAC2001 tashkil qilmoqda. Shundan ayni paytgacha 91 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz oʻzbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichi bilan ham emlangan.

Kecha, 17-may kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlanish 34 416 dozani tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish koʻrsatkichi 56 foizga yetgani ham eʼtiborga loyiq.