Bundan avvalroq yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar berilgan edik.

Ayni paytda Oʻzbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V” va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qoʻllanilayotgan 5-vaksina boʻldi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi “Sputnik V”,
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, toʻliq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.