Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi.  

Oʻzbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTechning umumiy miqdori 1726 500 dozaga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori esa 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan. 

14-oktyabr holatiga koʻra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.