U ko'pincha 45-65 yoshda rivojlangani sababli bu yoshdagi ayollarni har 2 yilda bir marta mammografik tekshiruvlardan o'tkazish uchun maqsadli guruhlar shakllantirilgan.

Rentgen mammografiyasi ko'krak bezi saratonini erta bosqichda aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Shu paytgacha bu tekshiruv bilan yurtimizning chekka hududlari aholisini qamrab olish muammo edi.

— Prezidentimiz 2019 yil aprelda Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida bergan topshirig'i asosida hududda mammografik skrining dastlab tajriba loyiha sifatida amalga oshirila boshlandi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag'olib Tillashayxov. — Buning uchun 13 ta statsionar va 2 ta ko'chma mammografiya komplekslari jalb qilindi. 

Natijada 130 ming nafardan ortiq ayollar tekshiruvdan o'tkazilib, ko'krak bezi saratonining 280 dan ortiq yangi holatlari aniqlandi, ularning 88 foizi kasallikning 1-2 bosqichida edi. 

Buxorodagi pilot loyihaning ijobiy effektini hisobga olib, rentgen mammografiyasi tekshiruvlarini yurtimizning eng chekka mintaqalariga etkazish uchun har bir hududga bittadan, jami 13 ta ko'chma mammografiya kompleksi taqdim etildi.

Avvalroq Namangan, Nukus va Samarqandda 3 statsionar mammografiya xonasi foydalanishga topshirilganini hisobga olsak, skrining xonalarining umumiy soni 31 taga etdi. Ularning 15 tasi mobil va 16 tasi statsionar faoliyat uchun mo'ljallangan.

Sog'liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati.