Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Turinning “Yuventus” klubi yevrokuboklardan bir yilga chetlatilishi haqida tez orada UYEFAdan xat oladi. Sababi klubda o‘tgan yillar davomidagi moliyaviy qing‘irliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Sal avvalroq klub yuqoridagi ayblar uchun A Seriyada 10 ochkodan mahrum etilib, Italiya chempionatida 7-o‘rinni egalladi va Konferensiyalar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “Yuventus” rahbariyati UYEFA shunday qarorga kelsa,  bu qarorga qarshilik qilib,  sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilmoqchi emas.

Mutaxassislarning fikricha, “Yuventus” klubi rahbarlari Konfederatsiyalar ligasi turnirini  nifuzli turnir deb hisoblamaydi.