Yuz bilan yuzlashib, davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻlganlar orasida olmaliqlik Razavan aya Markabayeva ham bor. 40 yil turmush oʻrtogʻi Normat ota bilan hayotning achchiq-chuchugini birga totishib, 10 nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qilishdi. Aya bugun 31 ta nabira, 85 ta chevaraning qurshovida hayot kechirmoqdalar.
Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev onaxon umrguzaronlik qilayotgan xonadonda boʻlib, davlatimiz rahbari nomidan nuroniy ayaga “Shuhrat” medali va bayram tuhfalarini mamnuniyat bilan topshirdi.
Oʻzaro gurungda dorilamon kunlar shukronasi, yurtimizdagi, viloyatimizdagi yuksak oʻzgarishlar, tinchlik-osoyishtalik neʼmati haqida gap bordi.
Onaxon duoga qoʻl ochib, tinchligimizga koʻz tegmasin, xalqimizning boshi omon boʻlsin, ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga kuch-quvvat bersin, deya duo qildi.