1980-yil sentyabr tongi. Qörquv
Öşanda 10 yaşar bola edim. Ammo davrning baʼzi oğirliklarini, turmuşning mavsumiy taşvişlarini, kattalar qayğularini kiçik jussam va murğak aqlim bilan his eta boşlaganimni hozir ham yaxşi eslayman.
Otam rahmatli Ikkinçi jahon uruşida va undan keyingi allaqanday tuşunarsiz harbiy safarbarlikda 7 yil jang qilgan. Uruş yillarining öqli jarohatidan taşqari, uning vujudini yana boşqa alamlar, ökinç va mustabid bir dardlar ham qaqşatib turganini iç-içimdan, bolalarça bir sezgi bilan anglardim...
Erta tongdan hovlidagi şovqin-surondan uyğonib ketdim. Mavhum xavotir bilan derazadan hovli tomon möraladim. Xazonrezgi boşlangan. Katta şoxiga ip arqondan arğamçi osilgan örik daraxtidan yerga tökilgan barglar ustida kuzgi şudring tomçilari tovlanadi. Böğiq, jahldor va alamzada sözlar aralaşgan ovozlar darvoza tomondan eşitiladi.
— Qizimning isitmasi çiqib turibdi, bir-ikki kun uyda qolişga ruxsat beringlar, — deydi otam kimgadir.
— Musurmon ota, özingiz uruşda bölgansiz, öşa paytlarda manov askar şamollab qolibdi, isitmasi bor ekan, qöyinglar, dam olsin deganini körganmisiz, yöq. Yaxşi tuşunasiz, paxta ham katta bir front. Şamollaş-pamollaş degan gaplar ketmaydi. Planni bajarişimiz kerak axir. Paxta bu siyosat, unga qarşi çiqqanlar davlatga, siyosatga duşman, — deydi u.
Egnimga onam tikib bergan paxtali çoponimni ilib, sekin taşqariga çiqdim. Darvoza tomon yurib, qarasam, maktabimiz direktori turibdi. Bilişimça, opam paxta terimiga çiqmagani uçun, uyga özi kelib, uni olib ketmoqçi. Ahdi ham, şaxdi ham şu.
“Davlatga, siyosatga duşman”. Bu sözni eşitgan otamning rangi oqarib ketdi. Men esa qaltirab, devor pinjiga tiqildim. Dahşatli söz — duşmanlik...
Xullas, öşa kuni direktor kasal opamni dalaga olib ketdi. Majburlab-majburlab olib ketdi. Ota-onam uyda izillab-izillab qolaverdi, davlatga, siyosatga duşman bölişdan qörqdi. Aslo özlari uçun qörqmadi, opam, men, aka-ukalarimning ertangi kunidan qörqdi ular. Men ham köp yillar qörquvda yaşadim. Har safar kuz boşlanaversa, öşa voqea yodimga tuşib, qörqaverdim-qörqaverdim. Şu birgina qörquv iskanjasida roppa-rosa 48 yil umrim ötibdi. Bir el yangilanadigan davr bu.
Men özim paxta işi bilan boğliq yana bir qator “anʼanalar”ga guvoh bölganman. Töğri ularni keyinroq ham aytsam bölardi, ammo hozir öşa davrlarning aççiq alami ustida ötirib, hammasini aytib-aytib olgim kelayotgan bölsa, menda nima ayb?!
Erta kuzdan qaro qişgaça odamlarga töy qilişga ruxsat berilmasdi. Imi-jimida, hovlining bir çetiga qozon osib, törtta odamni yiğib körişsinçi, ğöddaygan amaldorlar burnining bir çetiga öçoq isi yetib borsa tamom, uyingizga kelib, qozon-pozoningizni ağdarib taşlardi. Şu bilan qutilsangiz mayliku-ya, keyin ustingizdan jinoiy iş qözğatilmasa böldi edi.
Har kuni kolxoz idorasida selektor bölardi. Masala bitta — qaysi kolxoz yoki sovxoz paxta rejasini qança foizga bajardi? Kunlik reja bajarildimi?
Televizorda viloyatlar kesimida kunlik hisobot berib borilardi. Ortda qolayotgan viloyatlar rahbarlari tonggaça sökiş eşitib, dodini kimga aytişini bilmay, alamini oddiy odamlardan, öqituvçilar, norasida bolalardan olardi.
Har safar “Temir xotin” kinosini körganimizda yuragimiz ezilib ketadi. 40-50 kilolab paxta ortmoqlagan ayollar, egatlarda çirqirab yiğlagan gödaklar, paykal çetida tuğilgan çaqaloqlar, tut daraxti şoxiga osilgan belançaklar, ular ustidan sepilgan kimyoviy dorilar... Bularning atom xurujidan nima farqi bor edi?!
Yaqin-yaqingaça şunday yaşadik-ku. Oçiğini aytiş kerak, hali-haligaça öşa kimyoviy dorilar millatimiz genofondiga öz taʼsirini ötkazib keladi. Paxta dalasida umri xazon bölgan qişloq ayollarining hali-hamon dardi oğir. Ular bedavo dard orttirib olgan, öşa egatlarda katta bölgan farzandlarimiz hamon soğlom emas.
Xullas, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, u kunlardagi paxtaçilik el-yurtimizga manfaat emas, balki azob-uqubat va oxir-oqibatda “özbek işi” degan quruq tuhmat olib keldi.
Hasratlarimni şu yerda töxtatsammi desam, “özbek işi”dan bir tirik hikoya yodimga tuşib qoldi.
Payariqda sovxoz paxta topşiruvçisi bölib işlagan Abdurasul Şodiyevni 1985-yilda paxta qöşib yozişda ayblab, 10 yilga nohaq qamab yuborişadi.
Abdurasul akaning öğli Muzaffar Şodiyev biz bilan deyarli tengdoş edi. U öşa suronli davr, otasiz ötgan yillar qayğusini şunday eslaydi:
“Butun bolalik xotiralarim paxta bilan boğliq. Böyim ğözaga yetar-yetmay, avvaliga tengqurlarim bilan paxta dalasiga suv, non, ovqat taşidik, ilğor “çekanka”çi böldik. Ketmon bilan böylaşganimizdan boşlab çopiq va terim ham bolaligimizning bir qismiga aylandi.
Döstlarim baʼzan öşa paytlardagi qiziq holatlar, voqealarni eslab turadi. Menda esa bu bilan boğliq alamli xotira, unutilmas iztirob bor. Çunki paxtadan juda erta könglim qolgan.
Öşanda, adaşmasam 5-sinfda öqirdim. Hamma yoqda “Davlatga paxta topşiriş rejasini muddatidan oldin bajaramiz!”, “Plan — qonun, uni bajariş — burç!” kabi yozuvlar bölardi. Endi öylasam, öşa paytlarda bola qalbim bilan har bir inson umrining mazmunini yaxşi paxtakor, dehqon yoki mexanizator bölişda deb bilganman. Aslida, aksariyatimiz şunday öylardik va şunga intilardik.
1985-yil, dekabr. Bola-öquvçimiz. Aslida, muallimu öquvçilar endigina paxta dalasidan sinf partasiga qaytgan kezlar. Uyga borsam, motamsaro muhit. Buning sababini yurak yutib söraydigan jurʼat, holatni idrok etadigan aql qayda deysiz? Axir 12 yoş bola edim.
Keyinroq bildim: otamni paxta qöşib yozişda ayblab, qamoqqa olişibdi. Uç aka-opam, olti uka-singlim — ön jöjabirday jon onam bilan xasratu alam, maşaqqatda qoldik. Ayniqsa, onam şörlikka qiyin bölgan: qölida bir yoşli çaqaloq, bu yoqda onaning qöliga qaragan önta jon. Bularga-ku çidasa bölar, oddiy paxta topşiruvçisi — otamning özi borini bergan paxta uçun ön yilga qamalgani barçamizga alam qilardi.
Şukrki, mustaqillik şarofati bilan otam oqlandi, aybsizligi tan olindi, biz uçun adolat qaror topdi. Lekin otam bunga töliq qöşilmasdi. Çunki paxta yakkahokimligi va unga ommaviy safarbarlikni juda notöğri iş deb hisoblardi, heç narsa insondan aziz emas, derdi.
Bu gaplarning mağzini endi tuşunyapman. Rahmatli otam aytgan adolatni — majburiy mehnatsiz, ommaviy safarbarliksiz, majlisbozligu dabdabali daʼvatlarsiz ham paxtadan rekord —
5 million tonna xirmon kötariş mumkinligini, şukrki, bizlar kördik. Hozir farzandlarimizning taʼlim oliş, rivojlangan davlatlardagi tengdoşlaridan özişdan boşqa öyi, taşvişi yöq.
Otam rahmatli istiqlolni kördi, nomi oqlanib, yuzi yoruğ böldi. Şukrona uçun, taskin uçun otam kabi taqdir egalariga bundan ortiq baxt yöq nazarimda. Lekin yuragimning tub-tubida, xayolimning bir çetida katta armon bor: qaniydi otam inson aziz bölgan, qadrini uluğlaş davlat siyosatining maqsadu muddaosiga aylangan bugungi zamonni, Prezidenti xalqining farovonligi uçun oromini unutgan Yangi Özbekistonni bir körsa edi...”.
Afsuski, biz bunday taqdirlarni “özbek işi”da köplab uçratamiz. Ammo, eng ayançlisi, biz mustaqillikdan keyin ham yana uzoq yillar paxtaga qaram bölib, majburiy mehnat qurşovida yaşadik.
Söz aytişga, xalqning dardini bayon qilişga ustasi baribir ustada. Hozir dardimizni uzoq dasturxon qildik. Qarangki, unutilmas ardoqli şoirimiz Abdulla Oripov bu gaplarimizning hammasini umrining sönggi kunlarida bitta şeʼriga siğdirib ketgan ekan.
Har köçada ming mirşab,
Har göşada avaxta,
Haq deganning oğzi berk,
Qon yutar laxta-laxta.
Özi-ku paxta ekkan,
Yostiği böldi taxta,
Yovuzlarning qölida
Gulday vatanim qoldi,
Boşida panohi yöq
Tulday vatanim qoldi.
(05.10.2015-yil. AQŞ, Xyuston)
2017-yil sentyabr tongi. Quvonçning kelişi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017-yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sözlab, Özbekistonda Xalqaro mehnat taşkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham beriş böyiça taʼsirçan çoralar körilayotganini aytgan edi.
Toleimiz kulgan ekan, ÖZ ПРЕЗИДЕНТИМИЗнинг qatʼiy siyosiy irodasi bilan bir kunda majburiy mehnatga barham berildi. Bitta aytildi va ortga qaytilmadi. Şu-şu öqituvçilar ham, öquvçilar ham, boşqa soha xodimlari ham paxta işiga majburiy olib ketişdan qutuldi.
Oradan köp yil ötmadi. Biz paxta terimi mavsumi maşaqqatlari, ğurbatlarini unutib yuborgan ekanmiz. Şu yil sentyabr oyida bir guruh hamkasblarimiz bilan Samarqandga xizmat safariga bordik. Yangiyöl, Çinozlardan ötar ekanmiz yöl çetidagi dalalarda maşinalar paxta terayotganini körib, beixtiyor hammamiz birvarakayiga “E, paxta teriş boşlandimi”, deb yubordik.
Qarangga. Xalqimizni 100 yillar davomida azobu uqubatda uşlab kelgan paxta teriş mavsumi boşlanibdiyu, biror joyda bu haqda gap yöq. Televideniye jim, matbuot gapirmaydi, maktab işlayapti, öqituvçilar darsda, öquvçilar sinfda... Heç kim heç kimni bezovta qilgani yöq. “Ha, bölar ekan-ku” deymiz şeriklar bir-birimizga mamnun qarab.
Unda paxtani kim teryapti, unda paxta kimga kerak? Endi paxtaning öz egasi bor. Paxta öz egalariga — manfaatdorlar ixtiyoriga topşirildi. Yaʼni qanday? Avvalo, dehqon va fermerlar, klasterlar, umuman, dalada işlayotgan har bir insonning öz mehnatidan manfaatdorligi taʼminlandi. Fermerlar paxta yetiştiradi, uni bozor qiymatida klasterga sotadi, öz navbatida, klaster egalari xomaşyoni tayyor mahsulot körinişiga olib kelib, istasa içki bozorga, istasa çet elga pullaydi. Mana şu manfaatdorlik zanjiri bugungi yutuqlarimiz asosidir. Bunda faqat paxta egasining foydasi emas, butun el, şu vatanning manfaati jamlangan!
Bugun yetib kelgan manzilda ertaga töxtab qolmaymiz
Yana takror bölsa-da, aytaman, yaqin yillargaça sentyabr oyi kelişi bilan paxta mavsumi boşlanardi. Biz uçun hayot mazmuni ham, tiriklik ramzi ham paxta edi. Har kuni maktab direktorlari fermerdan ham avval tuman hokimligiga borib turardi. Hozir birorta tuman hokimi yoki undan yuqoridagi rahbarlar “paxta nima böldi ekan” deb boş qotirmaydi. Şular haqida öylayapmanu, Prezidentimizning kuz oylaridagi iş faoliyati köz oldimdan ötyapti. Birgina oktyabr oyining özida Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiyadagi nufuzli tadbirlarda iştirok etdi. Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlariga taşrif buyurdi, Toşkentning özida qança tadbirlar ötkazdi. Keçadan buyon Ostona şahrida bölib turibdi.
Umuman, Prezidentimiz faoliyatida, qişloq xöjaligiga doir ötkazgan yiğilişlarida biron marta paxta nima böldi degan savol örtaga taşlangani yöq. Milliy matbuotimiz vatanimizning xalqaro darajadagi yutuqlari, mamlakatimizdagi iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida gapirmoqda. Bugun şunça tonna paxta terildi degan hisobotlar esa yodimizdan ham çiqib ketdi. Şu örinda keçagi kunimizdan hikoya qiladigan bir voqea yodga tuşdi.
Bir neça yil avval muhim faktni axtarib, Özbekiston Milliy kutubxonasidagi tarixiy gazetalarning 1960-1980-yillarda çop etilgan sonlarini birma-bir varaqladim. Ana şu yigirma yillik solnomadagi bir manzara diqqatimni tortdi. Unda sentyabr oyining boşida maktablarda öqiş boşlangani haqida xabar çiqqan. Undan keyingi kunlarda esa birinçi sahifada paxta dalasidan fotolavha va unga doir maqolalar örin olgan. Eʼtiborlisi, gazetaning har bir sonida paxta mavsumi, “oq oltin”ni çanoğida qoldirmay, qişgaça yiğib-terib olişga daʼvat qilingan. Açinarlisi, bunday çiqişlar 30-dekabrgaça davom etgan!
Bu maqolalarni öqisangiz, xalqimiz qançalik maşaqqatli yölni bosib ötganini teran anglaysiz. Öşanda asosiy maqsadim qolib paxtaga doir mavzularga qiziqib ketganim hamon esimda. Gazetada 1970-yillarda çop etilgan kiçkina maktub esa hamon yuragimni qörğoşinday bosib turadi. Unda olis bir viloyatdagi 7- yoki 8-sinf öquvçisi maktabdoşlari haqida söz yuritadi. U avval özi markazga sadoqatini izhor etib, javlon urib paxta terayotganini aytadi. Faol terimçilarni nomma-nom sanaydi va falonçi yomon terimçi ekanini aytadi. Maktubda yozilişiça, öşa falonçi paxtani çanoğida qoldirib terar ekan. Kamiga şiyponga olib borgunça tökib, soçib ketarmiş. Ha, qörquv asosida uşlab turilgan jamiyatda mana şunday illatlar ham bemalol matbuot orqali namoyon etilavergan ekan!
Aynan öşa yillarda paxta sabab xalqimiz iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik jihatlardan katta yöqotişlar berdi. Masalan, Orol suvining katta qismi paxta dalalariga boşqarildi. Yuqorida ham eslaganimizdek, hosildorlikni oşiriş, uni vaqtida yiğib-terib oliş vaji bilan xalq tepasidan zaharli dori sepildi. Suv, tuproq orqali butun tabiat zararlandi. Yuqumli kasalliklar, öpka, yurak-qon tomir xastaliklari avj oldi. Yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan insonlarning umri ana şu paxta dalasida behuda sovrildi. Hatto bolalar çillasi çiqişi bilan paxta dalasi boşida qurilgan şiyponlardagi boğçalarga berilardi. Ular yura boşlaşi bilan egat oralab ketardi...
Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni bunyod etildi. Bu juda katta marra. U şunçaki, iqtisodiy körsatkiç emas, tarixiy evrilişdir!
Bir vaqtlar tabiiy resurslarimizning katta qismini paxtaga sarflab ham zarar kördik. Endi körsatkiçlar butunlay boşqa. Iqlim özgarişi bilan boğliq qiyinçiliklarga qaramay, olis Qoraqalpoğistonda ham, vodiy va vohalarimizda ham xirmon çöği baland böldi.
Bu öz-özidan bölib qolgani yöq. Keling, şu örinda sal ilmiyroq til bilan bölsa-da, bugungi yutuğimizning asoslarini bir qadar şarhlaşga urinamiz.
Birinçidan, paxtaçilikda iqtisodiy manfaatdorlik yangi bosqiçga kötarildi. Aynan şu jihat sohadagi islohotlarning lokomotivi deyiş mumkin. Negaki moddiy manfaatdorlik yaxşi bölgan joyda samaradorlik yaxşilanadi. Işlar öz-özidan yurib ketaveradi. Buning uçun maxsus ştab taşkil etiş, xalqni, ayniqsa, bolalarni majburiy mehnatga jalb etiş şart emas!
Mana fakt: joriy yilda fermerlarning paxtadan 13-14 trillion söm sof foyda olişi kutilyapti. Fermer şunça foyda körgandan söng heç ikkilanmay dori sepişga dron, paxta terişga maşina sotib oladi-da. Bunday natijaga erişiş uçun esa tinimsiz mehnat bilan birga siyosiy iroda ham kerak böldi. Şu bois, sohada tub iqtisodiy islohotlar ötkazildi. Xususan, paxtani ekişdan tortib, undan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan jarayonni öz içiga olgan xususiy klasterlar tizimi yaratildi.
“Qaşqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” töqimaçilik klasteri misolida ana şu islohotlar natijasini köriş mumkin. Mazkur klasterni tom maʼnoda yangi Özbekistondagi islohotlarning kiçik namunasi deb öylayman. Çunki klasterda paxta ekişdan toki uni tayyor mahsulot qilib sotişgaça bölgan jarayon qamrab olingan. Klasterdagi işlar töliq ilmiy asosda, zamonaviy yeçimlar orqali taşkil etilgan. Deylik, bu yerda işlab çiqarişda foydalanilgan suvning 95 foizdan köpi tozalanib, qaytadan işlab çiqarişga yuboriladi. Fabrika binosining tomi va devorlariga esa quyoş paneli örnatilgan. Ular ekologik toza quvvat olişni taʼminlaydi. Fabrikaga esa eng sönggi texnologiya asosida işlaydigan dastgohlar turli rivojlangan davlatlardan olib kelingan. Natijada yiliga 20 ming tonna mato işlab çiqarib, böyaş imkonini beradigan liniyalar işlayapti. Fabrikada 840 kişi işli bölgan.
Bu birgina misol. Mamlakatimizda bunga öxşaş paxtani qayta işlaşni yölga qöygan tadbirkorlar talaygina. Ana şunday iqtisodiy model tufayli mamlakatimizda paxtani qayta işlaş quvvati keskin oşib boryapti. Özbekiston paxta xomaşyosini eksport qiluvçi davlatdan yuqori qöşimça qiymatga ega tayyor töqimaçilik mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatga aylandi.
Şu örinda yana bir hayotiy voqea yodga tuşdi. Futbol böyiça 2026-yilgi Jahon çempionati AQŞda bölib ötdi. Uni tomoşa qilişga borgan yurtdoşlarimizdan biri okean ortidagi nomdor brenddagi liboslar sotiladigan dökonga kiradi. Öziga yoqqan kiyimni tanlaydi. Sifati va biçimi juda maʼqul kelgani uçun narxi qimmat bölsa ham uni sotib olmoqçi böladi. Tölov qiliş uçun kelayotganida qarasa, u Özbekistonda işlab çiqarilgan ekan. Şu tariqa AQŞdagi dökondan quruq qöl bilan çiqib, xuddi şunday libosni Toşkentdan xarid qiladi. Öz yurtim, Öz paxtam, Öz işlab çiqaruvçim degani bu! Bir söm bölsa ham şu vatanda sarflab, şu elga naf keltiriş degani bu, yoronlar!
Yana bir muhim jihat. Paxtaçilikda moliyalaştiriş va subsidiyalaş tizimi yangilandi. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 6-martdagi qarori bilan bir qança muhim islohotlar amalga oşirildi. Masalan, paxta xomaşyosini yetiştirişda davlat buyurtmasi bekor qilindi. Uning xarid narxini belgilaş amaliyotidan voz keçildi. Yaʼni fermer öz paxtasiga özi egalik qiladigan böldi. Özi belgilagan narxda paxtasini sotadi. Ana şu manfaatdorligi bois, paxtani öz vaqtida yiğib-terib oladi. Sodda qilib aytganda, paxta terim vaqti va uni yakunlaşni özi belgilaydi.
Şu örinda yaqin ötmişimizdan navbatdagi bir lavhani keltirsam. Bir safar viloyatdagi taniş fermerlardan biri yordam söradi. Hokim uning yerini tortib olmoqçi ekan. Sababini sörab yiğlaşni ham, kulişni ham bilmay qoldim. Fermer paxtasini töliq terib oladi. Belgilangan rejani 110 foizga bajaradi. Söng dalada qip-qizil bölib ğözapoya qoladi. Tağin közdan pana joy degan ilinjda ğözapoyani yiğiştirib, örniga ğalla ekişga kirişadi. Şu payt hokimiyat bu işdan xabar topib, fermerga tahdid qiladi. Bir keça içki işlarning zax xonasini körib kelgaç, işni “yopiş” uçun taniş izlaşga tuşadi. Bu nari borsa 15-20 yil avvalgi gap. Hozir birovga aytsangiz işonmaydi. Lekin öşa paytda fermer qaysi dalasiga qanday navdagi paxta ekişigaça qatʼiy belgilab berilardi. Açinarlisi, bunday topşiriqlar ilmiy asosga emas, qandaydir yopiq topşiriqlarga asosan bajarilardi.
Ikkinçidan, sohaga zamonaviy texnologiyalar jadal kirib keldi. Şu orqali paxtaçilikda yuqori natijalarga erişdik. Avvalo, paxtaçilikda ilm-fan yutuqlarini keng joriy etiş boşlandi. Yangi biotexnologik navlar yaratildi, olib kelindi. Ekiş sxemalari takomillaşdi. Soha raqamlaşdi. Masalan, joriy yil boşida birgina Surxondaryo viloyatida “Şinjon” usulida paxta yetiştiradigan 155 ta fermer 14 ming 950 gektarda tomçilatib suğoriş texnologiyasini örnatgan. Bu sohani raqamlaştiriş borasidagi muhim fakt. Çunki tomçilatib suğoriş tizimlari örnatilgan dalalarda tuproqning namligini ölçaydigan maxsus smart-datçiklar bor. Ular tuproq qurigani haqida markaziy kompyuter yoki fermerning telefoniga xabar yuboradi. Suv avtomatik tarzda oçiladi. Bu suv sarfini ikki barobargaça kamaytiradi. Mana raqamlaştirişning samarasi qayerda!
“E-Agro” va raqamli xaritalar tizimi ham bu boradagi samarali işlardan biri. Unga köra, har bir paxta maydonining raqamli pasporti yaratilgan. Unda yerning tarkibi, oldingi yillarda qança hosil berilgani, mineral öğitlar balansi raqamli bazada saqlanadi. Bundan taşqari, paxta oldi-sotdisi, şartnomalar tuziş va subsidiyalar ajratiş jarayonlari töliq elektronlaştirildi. Inson omili kamaytirilib, şaffof elektron hisobvaraq-faktura tizimi yölga qöyildi.
Örgilib ketay, hatto paxtaçilikda dronlardan foydalaniş kengaydi. Dron yordamida mineral öğit va mikroelementlar sepilyapti. Uning foydasi şundaki, traktorday ğöza tuplarini bosib, nobud qilmaydi. Kösak qurti, şira yoki qandala tuşgan hududlar dronlar yordamida tepadan aniqlanadi. Kimyoviy vositalar faqat kasallangan öçoqlarning özigagina sepiladi. Bu zaharli ximikatlar va xarajatlarni 30-40 foizgaça tejaydi.
Uçinçidan, keyingi yillarda çigit ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirildi. Şunga mutanosib ravişda örtaça hosildorlik 2,7 karra ösib, gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetdi. Joriy yilda qariyb 400 ming gektarda örtaça 70 sentner, salkam 70 ming gektarda esa 100-110 sentnergaça hosil olindi. Suv tejovçi texnologiyalar hisobiga suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki karra kamaydi. Yana bir muhim jihat. Paxta yiğim-terimida mexanizatsiyalaştiriş kölami kengaydi. Joriy yilda hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinalari yordamida 30-35 kunda yiğib olindi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaştiriş darajasi 100 foizga yetkazildi. Paxtani maşinada teriş xalqimizning orzusi edi. Buni atoqli yozuvçimiz Toğay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida ham körişimiz mumkin.
“Men qaytib kelaman.
Yetti iqlimdan bölsa-da, qaytib kelaman.
Ana şunda paxtamni çötkali-çötkali maşina bilan yiğib-terib olaman.
Maşina bilan bir oralaboq terib olaman. Boşqa qaytib dala oralamayman”, deyiladi armon va oğriqlarga töla asarda.
Afsuski, 1986-yildan toki 1991-yilgaça bölgan vaqtda bitilgan uşbu asar ham uzoq yillar “közdan panada” tutildi. Sababi biz hamon paxtani qölda terayotgan edik.
Öşa yillarda Sirdaryo desak, köz oldimizga beixtiyor paxta dalasi kelardi. Negaki talaba, öqituvçi va davlat xizmatçilarining aksariyati paxta mavsumini Sirdaryo dalalarida ötkazardi. Bugun xalq dardini yuragidan ötkazib yozgan ijodkorlarimiz orzusi uşalib, Sirdaryoda paxta 100 foiz maşinada terib olindi.
Mamlakat taraqqiyotidagi asosiy belgilardan biri turli sohalardagi ehtiyojlarini özi qoplay olişida ham körinadi. Şu maʼnoda, yangi Özbekistondagi ösiş surʼatini yurtimizda sanoatning rivojlanişi bilan belgilasak ham böladi.
Prezidentimizning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifini kuzatib turib könglimdan şunday öylar ötdi. Ayniqsa, Qarşi şahridagi “FM World” korxonasining “Nasaf” brendi ostida beş xil rusumdagi traktor yiğayotgani haqidagi xabardan çeksiz quvonç tuydim. Özingiz öylang, bir paytlar zamonaviy paxta teriş maşinalari işlab çiqariş niyatida olis Çin yurtidan Qaşqadaryoga sarmoyador kelişiga birov işonarmidi?!
Prezidentimiz Özbekiston dehqon va fermerlari hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan tabrigida “Öz” degan ezgu ğoyamiz zamirida mujassam bölgan öz işimiz, öz sözimiz, öz ğalabamizga işonç ruhi bilan olğa qarab borişdan heç qaçon töxtamaymiz!”, deya taʼkidladi.
Ha, yangi Özbekiston baland marralarni közlab katta yölga çiqqan karvon. U bugun yetib kelgan manzilda ertaga töxtab qolmaydi. Doim olğa intiladi. Paxtaçilikda ham yuqori hosildorlik va texnologik yangilanişlar izçil davom ettiriladi. Xususan, 2027-yilda serhosil uruğlik navlari, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş orqali paxtadan örtaça hosildorlikni 65-70 sentnerga yetkaziş közda tutilmoqda.
Yodimda, ötgan yili “Yangi Özbekiston” gazetamizda viloyatlardagi paxta hosili va natijalar haqida maqolalar berildi. Ular orasida paxtadan gektariga 70 sentnerdan hosil olingani haqida ham xabar bor edi. Işongim kelmadi. Oldimizga qöyilgan muhim vazifa — doim xolis va haqqoniy maʼlumot tarqatiş. Şu bois, uşbu raqamni jiddiy tekşirdik. Bu ayni haqiqat edi. Öşanda kutubxonada tarixga qaytgan, eski gazetalar taxlami aro bitilgan taqdirlar yana bir karra köz öngimga kelgandi. Şu haqida öylasam, meni hamon bir savol qiynaydi, maktabdoşi yomonlagan falonçining taqdiri nima böldi ekan? Hozir u (yoşi ham yetmişni qoralab qolgandir) yangi Özbekiston erişgan tarixiy marra haqida eşitib, könglidan qanday öylar keçyapti? Gazetaga maktub yozgan öşa faol terimçi öquvçining qalbida nima gaplar ötmoqda?
Kimdir bu keçagi kun, şunday ekan, bunday oğir savollar ne uçun deyişi ham mumkin. Ötmişni unutişga haqqimiz yöq. Çunki tarix insoniyatning eng katta muallimidir!
U xatolardan töğri saboq olib, bugunga şukrona bilan yaşaşni örgatadi. Şu bois, paxtada erişilgan yutuqni faqat iqtisodiy körsatkiç bilan belgilab bölmaydi. Ayni qaraş esa yangi Özbekiston möʼjizasi deb atalayotgan tarixiy yutuqning mohiyatini anglaşga undaydi. Bunday anglamlar hammamizga köp-köp nasib etaversin.
Salim DONIYOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist