Tadbirda fuqaro D.X. 3 nafar ayolga (1992, 1995 va 1999-y.t) oʻz hisobidan aviabilet sotib olib berib, ularni Turkiya Respublikasi Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollaganligi aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Antaliya” yoʻnalishi orqali joʻnatayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.