Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni hududlarda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tadbirkorlar tomonidan “Savdo va servis” uyushmasini tashkil etish taklifi bildirilgandi.
Mazkur taklif Prezident tomonidan maʼqullandi.
Uyushma Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda faoliyat yuritib, sohadagi strategik rejalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.