Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zafarobod tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.C.” MCHJ tomonidan “Boʻston” MFY hududida 4 qavatli 24 ta xonadondan iborat turar-joy majmuasi qurilgan boʻlsada, MCHJ rahbari J.K. yana qoʻshimcha ravishda 13 ta xonadon uchun fuqarolarning jami 303,9 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.