Zafarobodda yana bir yirik tsement zavodi ishga tushirildi

    TSement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni yana bittaga ko'paydi.

    Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yirik tsement zavodi “Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ QKning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Korxona yiliga 1,2 mln tonna tsement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning umumiy qiymati 150,0 mln dollarni tashkil etadi. e'tiborlisi, zavod to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya hisobiga bunyod etilgan.

    Asosiysi, pandemiya sharoitida bu erda 300 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.